Kafedra mudiri haqida
Nurmuxammadov Sharofitdin Shermaxammat o‘g‘li
Pedagogika va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Sharofitdin Nurmuxammadov — tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Afrasiab University Pedagogika va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri. 2018-yildan buyon oliy ta’lim, pedagogika va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ta’lim va ilmiy faoliyati:
2018–2021-yillar — EVEREST SCHOOL nodavlat ta’lim muassasasi o‘qituvchisi.
2019–2020-yillar — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti o‘qituvchisi.
2020–2022-yillar — Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida uslubchi va Kengash kotibi.
2023–2025-yillar — Toshkent amaliy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi.
2025–2026-yillar — Sarbon universiteti katta o‘qituvchisi va O‘quv-uslubiy bo‘lim bosh mutaxassisi.
Tarix fanlari bo‘yicha “Buxoro xonligida valiahdlik maqomi va hukmdorlarni taxtga chiqarish an’analari tarixi (XVI–XVIII asrlar)” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.
Hozirgi lavozimi:
2026-yildan — Afrasiab University, Pedagogika va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri.
Ilmiy ishlari: Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy jurnallar hamda xalqaro konferensiyalarda maqola va tezislari chop etilgan. 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanma va test topshiriqlari to‘plamlari muallifi.
Kasbiy yutuqlari: Tarix fanidan milliy sertifikatning eng yuqori — A+ darajasi sohibi.