Missiya va Vizion
Institut missiyasi — inson kapitalini rivojlantirish, yuqori malakali, raqobatbardosh va masʼuliyatli mutaxassislarni tayyorlash hamda taʼlim, fan va innovatsiyalar orqali jamiyat hamda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshish.
VIJN (RIVOJLANISH ISTIQBOLI)
Institut 2030-yilga qadar zamonaviy bilimlar, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar markaziga aylanib, milliy va xalqaro miqiyosda tan olingan, raqobatbardosh oliy taʼlim muassasasi sifatida shakllanadi.
Institut taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlagan holda ilgʻor texnologiyalar va amaliy ilmiy yechimlar yaratishda yetakchi oʻrinni egallaydi. Shu bilan birga, yuqori malakali, ijtimoiy masʼuliyatli va global raqobat muhitida samarali faoliyat yurita oladigan mutaxassislar tayyorlashni oʻz oldiga strategik maqsad qilib qoʻyadi.
QADRIYATLAR
Akademik halollik va shaffoflik – taʼlim va ilmiy faoliyatda adolat, ochiqlik va masʼuliyat tamoyillariga qatʼiy rioya qilish.
Taʼlim va ilmiy tadqiqot sifati – zamonaviy bilimlar, ilgʻor metodikalar va yuqori ilmiy salohiyat asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash.
Innovatsiya va tadbirkorlik ruhi – yangicha gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash, amaliy tashabbuslarni rivojlantirish va kreativ fikrlashni ragʻbatlantirish.
Ochiqlik va xalqaro hamkorlik – xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan samarali aloqalarni yoʻlga qoʻyish, global tajribani joriy etish.
Jamoaviylik va oʻzaro hurmat – barcha ishtirokchilar oʻrtasida hamjihatlik, bagʻrikenglik va konstruktiv muloqot muhitini shakllantirish.
Ijtimoiy masʼuliyat va barqaror rivojlanish – jamiyat oldidagi masʼuliyatni anglash, ekologik va ijtimoiy barqarorlik tamoyillarini qoʻllab-quvvatlash.
Talabalar va xodimlar uchun qulay va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratish – kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun imkoniyatlar yaratish, sogʻlom va motivatsion muhitni taʼminlash.
Istiqbolli reja institutni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi