Pedagogika va tillar kafedrasi
Pedagogika va tillar kafedrasi ta’lim, tarbiya, tilshunoslik, filologiya va xorijiy tillarni o‘qitish sohalarida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Kafedra talabalarni pedagogik mahorat, til kompetensiyasi, metodik yondashuv va ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalariga ega raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantiradi.Kafedra faoliyati zamonaviy ta’lim texnologiyalari, amaliy mashg‘ulotlar, ilmiy izlanishlar, madaniy-ma’rifiy loyihalar hamda xalqaro tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish asosida olib boriladi.