AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Afrasiab University sunʼiy intellekt yetakchilari loyihasi doirasidagi konferensiyada qatnashdi


Afrasiab University sunʼiy intellekt yetakchilari loyihasi doirasidagi konferensiyada qatnashdi

2026-yil 6-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalarini IT sohasidagi zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish va mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida «Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari» loyihasi doirasida onlayn konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada Afrasiab University talabalari hamda professor-oʻqituvchilari universitet majlislar zalidan jamoaviy tarzda ishtirok etdilar.

Tadbir davomida global mehnat bozoridagi tendensiyalar, sunʼiy intellekt taʼsirida kasblarning oʻzgarishi va kelajakda talab yuqori boʻladigan IT yoʻnalishlari haqida muhim maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlar bilan tanishtirildi:

  • Yoshlar uchun startap tanlovlari va venchur investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari;
  • GameDev va Data Science yoʻnalishlaridagi bepul grant dasturlari;
  • aileaders.uz platformasi orqali xalqaro kurslarda bepul taʼlim olish va professional sertifikatlarga ega boʻlish imkoniyatlari.

Talabalarimizni raqamli kelajak sari dadil qadam tashlashga va yaratilayotgan imkoniyatlardan faol foydalanishga chorlaymiz.

Afrasiab University sunʼiy intellekt yetakchilari loyihasi doirasidagi konferensiyada qatnashdi