2026-yilning 3–4-noyabr kunlari Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar boʻlinmasi Kengashi tomonidan “Sport — salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada Afrasiab Universityning 10 nafar professor-oʻqituvchisi va xodimi stol tennisi, shaxmat, shashka hamda darts turlari boʻyicha bellashdi.
Bellashuvlar raqobat, jamoaviylik va birdamlik ruhida oʻtdi. Tadbirni Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari Sh. S. Javlonov ochib berib, sportni ommalashtirish, mehnatkashlar salomatligi va sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidladi.
Musobaqaning final bosqichi ham qizgʻin kechdi. Shashka yoʻnalishida Afrasiab University professor-oʻqituvchilari va xodimlari Kengash tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Ishtirokchilarni tabriklaymiz va ularga yangi yutuqlar tilaymiz!