AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida onlayn konferensiya


“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida onlayn konferensiya

IT sohasiga qiziquvchi talabalar va professor-oʻqituvchilar diqqatiga! 6-noyabr kuni soat 15:00 da Afrasiab University majlislar zalida onlayn konferensiyada ishtirok etish mumkin.

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida onlayn konferensiya tashkil etiladi.

Konferensiyada raqamli taʼlim loyihalari, xalqaro platformalardagi bepul kurslar va professional sertifikatlar, startap gʻoyalarini rivojlantirish hamda sunʼiy intellektdan foydalanish imkoniyatlari haqida maʼlumot beriladi.

IT sohasiga qiziqqan talabalar va professor-oʻqituvchilarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida onlayn konferensiya