2026-yil 5-noyabr kuni Afrasiab Universityda “Kelajak soati” rukni ostida “Tibbiyot va taraqqiyot: Zamonamiz qahramonlari” mavzusida maʼrifat soati oʻtkazildi.
Maʼrifat soatining asosiy maqsadi talabalarda tibbiyot sohasiga boʻlgan qiziqishni oshirish, zamonaviy tibbiyot yutuqlari, shifokorlik kasbining sharafli va masʼuliyatli jihatlari haqida tushuncha berish hamda inson salomatligini asrash yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlariga hurmat tuygʻusini shakllantirishdan iborat boʻldi.
Mashgʻulot davomida tibbiyot va taraqqiyotning oʻzaro bogʻliqligi, zamonaviy tibbiyotning insoniyat hayotidagi oʻrni hamda bugungi kun qahramonlarining fidoyiligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.