Afrasiab University talabalari uchun kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish hamda mutolaaga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Turon” kutubxonasiga maʼrifiy tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar kutubxona faoliyati, mavjud kitob fondi, zamonaviy axborot-resurs imkoniyatlari hamda kitoblardan foydalanish tartibi bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif yoshlarning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Kitob — bilim manbai, maʼrifat esa taraqqiyot kalitidir!