AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Afrasiab Universityda ilmiy seminarlar turkumi boshlandi


Afrasiab Universityda ilmiy seminarlar turkumi boshlandi

2026-yil 6-noyabr kuni Afrasiab Universityda professor-oʻqituvchilar, magistrantlar hamda boshqa oliy taʼlim muassasalari ilmiy izlanuvchilari uchun “Ilmiy maqolani nashr qilish” blokining ilk ilmiy seminari boʻlib oʻtdi.

Maʼruzachi — Afrasiab University ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, i.f.f.d. (PhD) Muyassarzoda Fayziyeva.

Seminar mavzusi: “Tadqiqotdan maqola topshirishgacha boʻlgan jarayon: umumiy koʻrinish”.

Seminar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • Tadqiqotning asosiy bosqichlari: muammo → tadqiqot savoli → vazifalar → gipotezalar;
  • Ilmiy boʻshliq (Research Gap) turlari va uni toʻgʻri aniqlash;
  • Miqdoriy (Quantitative), sifat (Qualitative) va aralash (Mixed) tadqiqot yondashuvlari;
  • Maqolani jurnalga topshirishdan nashrgacha boʻlgan jarayon: dastlabki tekshiruv (Desk Check), taqrizlash (Peer Review) va tahririyat qarorlari;
  • Maqola qabul qilingandan keyingi bosqichlar.

Seminar yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ilmiy maqola tayyorlash va nashr etish jarayoniga oid bilimlarini yanada boyitdilar.

Ilmiy izlanish — yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yuksak natijalar sari qadam!

Afrasiab Universityda ilmiy seminarlar turkumi boshlandi