Hurmatli talabalar!
2025-yil 10-noyabrdan Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutining barcha yoʻnalishlarida 2-kurs sirtqi taʼlim talabalari uchun dars mashgʻulotlari boshlanadi.
Darslarga belgilangan vaqtda yetib kelishingizni soʻraymiz. Vaqtida kelish — tartib, intizom va muvaffaqiyat kalitidir!
Oʻquv yilida sizga kuch-gʻayrat, bilim va yutuqlar tilaymiz!