🔴 9-may — Xotira va qadrlash kuni.
🔵Bu sana — Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va bugungi erkin hayotimiz uchun kurashgan insonlarni chuqur hurmat bilan yod etadigan kun. Ularning jasorati, matonati va fidoyiligi har birimiz uchun haqiqiy ibrat maktabidir.
🔵Bugun biz nafaqat urush va mashaqqatli davrlarni boshdan kechirgan faxriylarni, balki hayotini xalq va yurt ravnaqi uchun bag‘ishlagan barcha insonlarni ehtirom bilan eslaymiz. Ularning nomi, qilgan ezgu ishlari va qoldirgan merosi qalblarimizda abadiy yashaydi.
🔵Xotira — millatning ma’naviy kuchi, qadrlash esa insoniylikning eng oliy belgilaridan biridir.
🔵Barcha yurtdoshlarimizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamjihat bo‘lsin.