AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

AFRASIAB DEBATE ARENA talabalarni ishtirok etishga chorlaydi


AFRASIAB DEBATE ARENA talabalarni ishtirok etishga chorlaydi

AFRASIAB DEBATE ARENA talabalarga oʻz salohiyatini namoyon etish, tanqidiy fikrlash qobiliyatini sinash va liderlik mahoratini koʻrsatish imkoniyatini taqdim etadi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?

  • Qiziqarli va dolzarb mavzulardagi debatlar;
  • Mantiqiy fikrlash va dalillar bilan ishlash;
  • Jamoaviy hamkorlik va oʻzaro fikr almashish;
  • Kutilmagan savollarga javob topish va muammolarga yechim izlash;
  • Oʻz qobiliyatini namoyon etish va yangi imkoniyatlar sari qadam tashlash.

Jamoada tashabbus koʻrsatadigan, kuchli dalillar keltiradigan, boshqalarni tinglaydigan va masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga tayyor talabalar ishtirok etishga taklif qilinadi.

Ingliz tilini mukammal bilish shart emas. Muhimi — fikrlash, harakat qilish, oʻrganish va jamoa bilan rivojlanishga tayyor boʻlish.

Oʻz fikringizni bildiring, jamoangizni qoʻllab-quvvatlang va liderligingizni namoyon eting! AFRASIAB DEBATE ARENA — har bir fikr muhim, har bir ishtirokchi salohiyatga ega!

Eng yaxshi natija koʻrsatgan jamoalar munosib ishtiroki, jamoaviy hamkorligi va yuksak salohiyati uchun diplom hamda maxsus esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etish uchun oʻz oʻrningizni band qiling. Muddat: 03.11.2026.

AFRASIAB DEBATE ARENA talabalarni ishtirok etishga chorlaydi