AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

AFRASIAB universiteti talabalari Ichki ishlar vazirligi tarixiy muzeyiga tashrif buyurdi


AFRASIAB universiteti talabalari Ichki ishlar vazirligi tarixiy muzeyiga tashrif buyurdi

AFRASIAB universiteti talabalari 2026-yil 27-oktyabr kuni kuratorlar Mamatov Axror va Saidmuhammadov Oqilxon boshchiligida Ichki ishlar vazirligi tarixiy muzeyiga tashrif buyurdi.

Har qanday jamiyatning rivojlanishi va istiqboli, avvalo, uning oʻtmishi hamda tarixi bilan bogʻliq. Ichki ishlar organlarining tashkil etilishi ham uzoq va murakkab oʻtmishga borib taqaladi. Bu tarixni kelajak avlodga yetkazishda tarixiy muzeylarning alohida oʻrni bor.

Ekskursiya davomida talabalar quyidagi yoʻnalishlar haqida maʼlumot oldi:

  • Oʻzbekiston hududida xavfsizlik va ichki tartibni saqlovchi tuzilmalarning shakllanishi;
  • Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda ichki ishlar organlari tizimidagi islohotlar;
  • Vazirlik sohaviy xizmatlari faoliyati;
  • Ichki ishlar organlari tizimida kadrlar tayyorlash, xodimlarning kasbiy va jangovar tayyorgarligi hamda ularning ijtimoiy muhofazasi;
  • Yangi Oʻzbekiston — yangi ichki ishlar organlari.

AFRASIAB universiteti talabalari Ichki ishlar vazirligi tarixiy muzeyiga tashrif buyurdi