AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Afrasiab universitetida kitobxonlik chellenji boshlanmoqda


Afrasiab universitetida kitobxonlik chellenji boshlanmoqda

Afrasiab universiteti kitobxonlik chellenjiga start bermoqda. Loyihada universitetning barcha xodimlari va talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Kitob oʻqing va pul mukofotini qoʻlga kiriting!

Chellenj uchun quyidagi kitoblar tanlangan:

  • Ivan Aleksandrovich Goncharov — “Zamona zayli”;
  • Abdulla Qahhor — “Sarob”.

Kitoblarni oʻqib tugatish muddati — 29-noyabr.

Gʻoliblar kitoblar yuzasidan tuzilgan 20 ta test savolini yechish orqali aniqlanadi. Test barcha ishtirokchilar uchun bir vaqtda boshlanadi.

Gʻoliblar quyidagi pul mukofotlari hamda rektor tomonidan imzolangan diplom bilan taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin — 300 000 soʻm;
  • 2-oʻrin — 200 000 soʻm;
  • 3-oʻrin — 100 000 soʻm.

Sovrinli oʻrin sohiblariga, shuningdek, rektor tomonidan imzolangan kitob ham sovgʻa qilinadi.

Afrasiab universitetida kitobxonlik chellenji boshlanmoqda