AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Afrasiab University talabalari Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi


Afrasiab University talabalari Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi

Universitetning Iqtisodiyot yoʻnalishi 1-bosqich talabalari uchun tarixiy bilimlarni oshirish, milliy tariximizga boʻlgan hurmat va qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar yurtimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, shuningdek, turli tarixiy davrlarga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif talabalarning tarixiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Talabalar menejeri (tyutor) — S. M. Narbayeva.

Afrasiab University talabalari Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi