Oʻzbekiston Yoshlar Diplomatiya Markazi va Afrasiab University hamkorligida diplomatiya muhitini amalda his qilish imkonini beruvchi simulyatsiya oʻtkaziladi. Tadbir ingliz tilida boʻlib oʻtadi.
Tadbirda ikki xil shaklda qatnashish mumkin:
- Ishtirokchi sifatida — davlat vakili boʻlish, muzokaralarda qatnashish, ittifoqlar tuzish va xalqaro inqirozga yechim topish.
- Tomoshabin sifatida — muzokaralarni kuzatish va diplomatiya jarayoniga guvoh boʻlish.
Sana va vaqt: 31-oktabr, soat 11:00.
Manzil: Afrasiab University.
Roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Joylar cheklangan.