AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Afrasiab Universityda moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish loyihasi taqdim etildi


Afrasiab Universityda moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish loyihasi taqdim etildi

Afrasiab University rektori Boboxujayev Kudrat Umarovich boshchiligida universitetda moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish va talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi loyiha taqdimoti oʻtkazildi.

Taqdimot davomida talabalarning kontrakt toʻlovlari, toʻlov intizomi va mavjud qarzdorliklarini nazorat qilish, moliyaviy maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash hamda tegishli masalalarni tezkor hal etish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, tyutorlar va masʼul xodimlarning talabalar bilan manzilli ishlashi, yangi platforma imkoniyatlarini tushuntirishi hamda kontrakt toʻlovlari bilan bogʻliq muammolarni tizimli bartaraf etishdagi vazifalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur loyiha universitetda raqamli boshqaruvni rivojlantirish, moliyaviy ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda talabalar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Tez kunda loyihaning taqdimot videolari ham eʼlon qilinadi.

Afrasiab Universityda moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish loyihasi taqdim etildi