Yangi oʻquv yili boshlanmoqda. Yangi bilimlar, qiziqarli fanlar va oʻz ustida ishlash uchun yangi imkoniyatlar taqdim etiladi.
Fanlarni aʼlo darajada oʻzlashtirgan talabalar quyidagi kurslarning birida bepul taʼlim olishlari mumkin boʻladi:
- Bepul ingliz tili kurslari: fanlarni aʼlo darajada oʻzlashtirgan faol talabalarning nufuzli oʻquv markazlarida bepul taʼlim olishlari taʼminlanadi.
- Bepul IT kurslari: yurtimizda va xorijda amaliyot oʻtab kelgan kuchli IT mutaxassislari bilim berib boradi. Oʻzlashtirishi yaxshi talabalar ish bilan ham taʼminlanadi.
- Bepul logistika kurslari: Amerikada logistika sohasida ishlagan mutaxassislar dars beradi va bir vaqtning oʻzida ingliz tilini ham oʻrgatadi.
Bundan tashqari, yana koʻplab loyihalar ustida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ular haqidagi yangiliklar yaqin kunlarda taqdim etiladi.