Boysun tumanida maktab oʻquvchilari bilan kasbga yoʻnaltirish uchrashuvi
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti (ISFI, hozirgi Afrasiab University) professor-oʻqituvchisi Aziza Normurodova Boysun tumani ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Boysun tumanidagi ayrim fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurib, oʻquvchilar bilan maʼrifiy uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida oʻquvchilar oliy taʼlim imkoniyatlari va zamonaviy kasblar haqida maʼlumot, kelajakdagi kasbni tanlash boʻyicha amaliy maslahatlar olib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar. Uchrashuv bepul oʻtkazildi va oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotib, faol ishtirokiga sabab boʻldi.
Afrasiab University yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish maqsadida maktablarda bunday uchrashuvlarni davom ettiradi.