Afrasiab University ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Muyassar Fayziyeva tomonidan olib borilayotgan ilmiy maqolalarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash va nashr etish boʻyicha ilmiy seminarlar turkumi davom etdi.
Navbatdagi seminarda IMRaD xalqaro formati, ilmiy maqolalar turlari, ilmiy etika tamoyillari hamda ilmiy tadqiqotlarda sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilar ilmiy maqola yozish va nashr etish, tadqiqotlarda akademik halollikni taʼminlash hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish boʻyicha bilimlarini boyitdilar.