Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Pedagogika va tillar kafedrasi mudiri Sarsenbaeva Zoya Jangabay qizi tomonidan institut professor-oʻqituvchilari uchun ilmiy-metodik seminar tashkil etildi.
Seminarda xalqaro darajadagi ilmiy jurnallarda maqolalarni chop etish jarayoni, ularning talab va mezonlarini toʻgʻri bajarish hamda ilmiy maqolalarni sifatli tayyorlash boʻyicha muhim tavsiyalar atroflicha yoritib berildi.