AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Institutda talabalar ijodiy ishlari koʻrgazmasi


Institutda talabalar ijodiy ishlari koʻrgazmasi

2025-yil 3-dekabr kuni institut kiraverishida dars jarayonlarini boyitish, ijodkorlikni oshirish va estetik didni rivojlantirish maqsadida sanʼat koʻrgazmasi tashkil etildi.

Koʻrgazmada talabalarning oʻz qoʻllari bilan yaratgan ishlanmalari namoyish etilmoqda. Ularning har bir asari mehnat, gʻoya va ijodiy tafakkurning yorqin ifodasidir. Koʻpchilik ishlar nafaqat texnik jihatdan puxta, balki mazmunan ham nihoyatda chiroyli va oʻzgacha talqinga ega.

Bunday tashabbuslar institutda samarali taʼlim, keng fikrlash va ijodiy yondashuvni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Barcha talabalar va ustozlar koʻrgazmani tomosha qilib, oʻquv jarayoniga ruhiy yengillik va ijodiy kayfiyat olib kirishga taklif etiladi.

Institutda talabalar ijodiy ishlari koʻrgazmasi