AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

ISFI professor-oʻqituvchilari Shimkent universitetida dars oʻtishdi


ISFI professor-oʻqituvchilari Shimkent universitetida dars oʻtishdi

Qozogʻiston Respublikasiga amaliy tashrif doirasida Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Akademik faoliyat va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori N.A. Beketov hamda Pedagogika va tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Z.J. Sarsenbaeva Shimkent universiteti talabalari uchun maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishdi.

Mashgʻulotlar davomida talabalarga zamonaviy taʼlim metodlari, til oʻrganish jarayonidagi innovatsion yondashuvlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatida qoʻllaniladigan samarali usullar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Ushbu darslar ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

ISFI professor-oʻqituvchilari Shimkent universitetida dars oʻtishdi