AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash mavzusida davra suhbati oʻtkazildi


Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash — davr talabi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bosh mutaxassisi Z.A. Mardonov, Toshkent shahar IIB Yunusobod tumani IIOFMB TQX TQKB katta tezkor vakili podpolkovnik A.A. Xadjayev, professor-oʻqituvchilar, faol talabalar hamda maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida jaholatning mohiyati, uning jamiyat hayotiga salbiy taʼsiri hamda unga qarshi kurashishda ilm, maʼrifat va sogʻlom tafakkurning oʻrni haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, ishtirokchilar bugungi kunda yoshlarning dunyoqarashi va mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularni turli yot gʻoyalardan asrash borasida olib borilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtishdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, maʼrifat — insonni yuksaltiruvchi, jaholatni esa yenga oluvchi eng kuchli quroldir. Shu bois har bir yoshning bilimga chanqoqligi, oʻz ustida doimiy ishlashi va fikrni erkin ifoda etish madaniyatiga ega boʻlishi bugungi kun talabi ekani alohida qayd etildi.

Suhbat yakunida ishtirokchilar barchani jaholatni ilm bilan, zulmatni maʼrifat nuri bilan yengishga chorlovchi ezgu gʻoyalarni hayotga tatbiq etish zarurligini taʼkidladilar.

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash mavzusida davra suhbati oʻtkazildi