Oʻz fikrini aniq, ravon va ishonchli yetkazish, sahnada, auditoriya oldida yoki kamera qarshisida erkin gapirishni oʻrganishni istaganlar uchun notiqlik mahorati kursi boshlanmoqda.
Darslar noyabr oyidan boshlanadi. Kurs mutlaqo bepul.
Mashgʻulotlar vaqti:
- Seshanba — 14:00
- Juma — 14:00
Kurs davomida ishtirokchilar quyidagilarni oʻrganadilar:
- Nutq tuzish
- Hayajonni yengish
- Auditoriya bilan ishlash
- Ovoz va talaffuz ustida ishlash
- Ishonchli chiqish sirlari
Kurs talabalar, yoshlar, yetakchilar, spikerlar va oʻz ustida ishlamoqchi boʻlgan har bir kishi uchun moʻljallangan.