Universitetda tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar sohasidagi mutaxassislar ishtirokida “Oʻzbekistonning geosiyosiy nufuzi yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda xalqaro siyosiy ekspert va geosiyosiy tahlilchi olim Tolipov Farhod Fazilovich maʼruzachi sifatida ishtirok etdi.
Maʼruza davomida Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi oʻrni, tashqi siyosatdagi ustuvor yoʻnalishlar, mintaqaviy hamkorlik va mamlakatimizning geosiyosiy nufuzini oshirish borasidagi jarayonlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.