🌟 Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida (ISFI, hozirgi Afrasiab University) seminar-trening oʻtkazildi
🌟 “Imkoniyat” respublika jamoat birlashmasi jamoasi bilan hamkorlikda Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti (ISFI, hozirgi Afrasiab University) talabalari uchun “Yoshlarning OIV bilan yashayotgan odamlarga nisbatan bagʻrikengligida barqaror oʻzgarishlarga erishish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🚀 Tadbirdan maqsad talabalarning OIV/OITS haqidagi bilimlarini oshirish, OIV bilan yashayotgan odamlarga nisbatan bagʻrikeng munosabatni shakllantirish hamda jamiyatda stigma va kamsitishlarga barham berishga koʻmaklashishdan iborat boʻldi.
✨ Seminar-trening davomida talabalar oʻz bilimlarini sinab koʻrish, OIV qanday yuqishi, uning oldini olish va davolash yoʻllari haqidagi tushunchalarini mustahkamlash hamda mavjud notoʻgʻri qarashlarni qayta koʻrib chiqish imkoniga ega boʻldilar.