1-dekabr kuni institutda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, giyohvandlik, spirtli ichimliklar isteʼmoli va chekishga qarshi kurash, toʻgʻri ovqatlanish hamda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan muhim seminar tashkil etildi.
Shuningdek, 1-dekabr — Umumjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan keng qamrovli seminar oʻtkazildi. Unda talabalarga OITSning oldini olish, sogʻlom turmush tarzining ahamiyati va profilaktika choralariga oid zarur maʼlumotlar berildi.
Bunday tadbirlar yoshlar ongida sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini mustahkamlash, ularni zararli odatlardan yiroq tutish va barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.