Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida “ISFI Talabalar ligasi” va “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat va shashka boʻyicha qizgʻin musobaqa boʻlib oʻtdi.
Tadbirda institut rektori K. Boboxujayev ishtirok etib, ishtirokchilarga gʻalaba va omad tiladi.
Aql, mantiq va strategiyani sinovdan oʻtkazgan bellashuvda har bir yurish gʻalaba sari qadam boʻldi. Qizgʻin va hayajonli bahslar yakunida eng zukko va bardoshli talabalar munosib oʻrinlarni egallashdi. Ishtirokchilar nafaqat gʻalaba uchun kurashdilar, balki yangi tajriba orttirib, doʻstlar ham topdilar.
Shaxmat boʻyicha gʻoliblar:
- 1-oʻrin — Qosimov Olimjon Erkin oʻgʻli
- 2-oʻrin — Ahmadjonov Alibek Botirjon oʻgʻli
- 3-oʻrin — Roʻzmatov Jasurbek Abdulhay oʻgʻli
Shashka boʻyicha gʻoliblar:
- 1-oʻrin — Maqsudjonov Sunnatjon Tohirovich
- 2-oʻrin — Sobitov Afzalbek Obidjon oʻgʻli
- 3-oʻrin — Baxtiyorov Jasur Dilshod oʻgʻli
Gʻolib talabalar 17-noyabr kuni “Talabalikka bagʻishlov” tadbirida tantanali taqdirlanadi.