Qozogʻistonning Shimkent universiteti va Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq, Shimkent universitetining 3 nafar professor-oʻqituvchisi va 10 nafar talabasi akademik mobillik dasturi doirasida institutga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmon professor-oʻqituvchilar va talabalar institut hayoti bilan tanishtirildi hamda ularga tashrif dasturi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, mehmon professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun poytaxtimiz Toshkent shahri boʻylab madaniy sayohat tashkil etildi.