Afrasiab University Ingliz filologiyasi yoʻnalishi 24-1 guruh talabalari Islom sivilizatsiyasi markazi qoshidagi zamonaviy kutubxonaga maʼrifiy tashrif buyurdilar.
Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad talabalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilmiy izlanishlarga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda zamonaviy axborot-resurs imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Tashrif davomida talabalar ilmiy va xorijiy adabiyotlar zallari, individual ishlash joylari, kovorking hududi hamda elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Zamonaviy kutubxona — bilim olish, mustaqil izlanish va yangi gʻoyalar sari yoʻl ochuvchi maʼrifat maskanidir!