“Talabalar teatr studiyasi” institut talabalari orasidan yangi ishtirokchilarni tanlov (kasting) asosida qabul qilmoqda.
Bu — ijod orqali oʻzini kashf etish, yangi doʻstlar topish, aktyorlikni oʻrganish va sahna madaniyatini rivojlantirish imkoniyati.
Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:
- Bepul aktyorlik va sahna nutqi mashgʻulotlari
- Institut tadbirlarida chiqish imkoniyati
- “Iqtidorli talabalar” roʻyxatiga kirish — CV uchun yutuq
- Viloyatlararo bepul sayohatlar
Kasting sanasi: 20-noyabr
Vaqti: 12:00 dan 14:00 gacha
Manzil: 205-xona
“Ijod qil, ifoda et, ilhom ber — teatr bilan yashang!”