AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Talabalar uchun “ISFI BARMOQ BATTLE” musobaqasi eʼlon qilindi


Talabalar uchun “ISFI BARMOQ BATTLE” musobaqasi eʼlon qilindi

Hurmatli talabalar! Institutimizda klaviaturada eng tez va eng toʻgʻri yozish boʻyicha “ISFI BARMOQ BATTLE” musobaqasi oʻtkaziladi.

Musobaqada oʻz mahoratingizni koʻrsatib, “Klaviatura Qiroli” yoki “Klaviatura Malikasi” unvonini qoʻlga kiritishingiz mumkin.

Sizni nimalar kutmoqda?

  • “Klaviatura Qiroli” yoki “Klaviatura Malikasi” unvoni.
  • Gʻolib va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar.
  • Doʻstona raqobat va yangi tanishuvlar.

Musobaqa shartlari

  • Musobaqa barcha talabalar uchun ochiq, oʻgʻil-qiz farqsiz.
  • Berilgan matnni kompyuterda lotin alifbosida oʻzbek tilida yozish talab etiladi.
  • Baholashda tezlik va aniqlik hisobga olinadi.
  • Yakuniy natijalar hakamlar hayʼati tomonidan aniqlanadi.

Oʻtkazilish sanasi: 14-oktabr.

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 12-oktabr.

Talabalar uchun “ISFI BARMOQ BATTLE” musobaqasi eʼlon qilindi