2025-yil 16-sentabr kuni Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga Indoneziyaning UNIKOM universiteti vakillari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Indoneziya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlash, oʻzaro akademik almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda professor-oʻqituvchilar oʻrtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti professor-oʻqituvchilari va talabalarining xalqaro grant dasturlarida ishtirok etishi hamda xalqaro ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.