AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Xalq pedagogikasiga kreativ yondashuv: amaliy mashgʻulot


Xalq pedagogikasiga kreativ yondashuv: amaliy mashgʻulot

Pedagogika yoʻnalishi sirtqi taʼlim 2-kurs talabalari bilan “Xalq pedagogikasi” va “Art pedagogika” fanlari integratsiyasi asosida “Xalq pedagogikasiga kreativ yondashuv” mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida talabalar quyidagi qiziqarli va ijodiy metodlar orqali faol qatnashdilar:

  • “Tarbiya mozaikasi”
  • “Qadriyatlar daraxti”
  • “Musiqa orqali his qil”
  • “Iliq kayfiyat ulash”

Ushbu metodlar orqali talabalar:

  • xalqimizda unutila boshlagan qadriyatlarni qayta esladilar;
  • milliy anʼanalarning mazmunini chuqurroq angladilar;
  • ijodiy tafakkur va tasavvurlarini rivojlantirdilar;
  • darslarda kreativ yondashuvning naqadar muhimligini his qildilar.

Mashgʻulot nafaqat bilim, balki ilhom, ijodkorlik va pozitiv kayfiyat hadya etdi.

Xalq pedagogikasiga kreativ yondashuv: amaliy mashgʻulot