ISFI xodimlari va talabalari Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiriga taklif etiladi.
18-noyabr kuni ISFI sahnasida kutilmagan sovrinlar, quvonchga toʻla onlar va bayram kayfiyati ishtirokchilarni kutmoqda.
Sahnada:
- Yorqinxoʻja Umarov — qoʻshiqlari bilan ishtirokchilarga quvonch ulashadi.
- Afruza — oʻzining betakror ovozi bilan bayramga yanada joziba bagʻishlaydi.
Eng faol ishtirokchilar uchun qimmatbaho sovgʻalar oʻynaladi.
Sana: 18-noyabr.
Joy: Milliy gvardiya faollar zali. Moʻljal: Oloy bozori.
Tadbirda ishtirok etish bilet asosida. Biletlar soni cheklangan.
Doʻstlaringiz bilan birgalikda kelib, bayram kayfiyatini baham koʻring!