Yoshlar bilan tarixiy maskanlar bo‘ylab
🔵Institutimiz sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda ustozlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markazi, Mustaqillik maydoni hamda Xotira xiyoboniga tashrif buyurdilar.
🔵Tashrif davomida talabalar yurtimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va ajdodlarimizning bebaho merosi bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazida islom madaniyati va ilm-fan taraqqiyotiga oid nodir manbalar hamda tarixiy eksponatlar bilan tanishildi.
🔵Shuningdek, Mustaqillik maydonida mamlakatimiz mustaqilligi timsoli bo‘lgan obidalar ko‘zdan kechirildi, Xotira xiyobonida esa Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
🔵Mazkur tashrif talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.