🌀 Zakovat intellektual o'yini
🧠 Institutimizda sirtqi ta’lim shakli yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi qizg‘in davom etmoqda!
✨Talabalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etib, murosasiz bahslarda faol ishtirok etishmoqda.
📚Mazkur intellektual bellashuv yoshlarning tafakkurini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
🏆Eng kuchli jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi!