Afrasiab University talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining barcha guruh saralash bosqichlari oʻz yakuniga yetdi.
Bilim, tezkor fikrlash, mantiq va jamoaviy hamjihatlik sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan quyidagi 14 ta jamoa chorak final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi:
- “Qonun jamoasi” — jamoa sardori: Bekzod Nuraliyev
- “Team elite” — jamoa sardori: Abubakr Rashidov
- “Afina” — jamoa sardori: Muslimaxon Ulugʻnazarova
- “Falcon” — jamoa sardori: Adxam Odilov
- “Baytul ilm” — jamoa sardori: Muslima Eshonova
- “Yuristlar” — jamoa sardori: Azamat Abduraimov
- “Femida” — jamoa sardori: Charos Xoʻjanova
- “Legal Mind” — jamoa sardori: Xushnud Raxmonberdiyev
- “Renessans” — jamoa sardori: Diyorbek Berdiyorov
- “The best” — jamoa sardori: Asadxon Saʼdullayev
- “Rayan” — jamoa sardori: Maftuna Sattarova
- “Leviafan” — jamoa sardori: Sardor Ismoilov
- “Matrix” — jamoa sardori: Javohir Alimjonov
- “Avengers” — jamoa sardori: Abdurahmon Nusratillayev
Chorak finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan barcha jamoalarni tabriklaymiz!
Endi kurash yanada keskinlashadi. Chorak finalda jamoalarni yanada murakkab savollar, keskin bahslar va kutilmagan burilishlar kutmoqda.
Kim chempionlik sari eng katta qadamni tashlaydi? Buni vaqt koʻrsatadi!