Kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash tillarini oʻrganish va oʻz loyihalarini yaratishni istaganlar uchun kurslar boshlanmoqda.
Kurs davomida oʻrganiladigan yoʻnalishlar:
- Kompyuter savodxonligining barcha asoslari: Word, Excel, PowerPoint, Canva;
- Dasturlashning amaliy usullari: Python, C++ va boshqa tillar;
- Loyihalar yaratish va ularni hayotga tatbiq etish yoʻllari;
- Sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash.
Oʻqituvchi: Musayev Fayzulloxon Ikrom oʻgʻli — Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Raqamli texnologiyalar markazi rahbari, institut matbuot kotibi. Malayziya va Qozogʻistonda amaliyot oʻtab, xalqaro tajribaga ega boʻlgan mutaxassis.
Boshlanish vaqti: 17-oktabr, soat 14:00.
Dars xonasi: institut kompyuter xonasi.