Sahifa yuklanmoqda
Shu kunga qadar Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetining Tillar va maktabgacha ta’lim kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan.
1975-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Rus tilida erkin so‘zlasha oladi.
A.A. Abdullayev oilali, 5 nafar farzandi bor.
2017–2019-yillarda — Toshkent viloyati Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2019–2020-yillarda — Chirchiq davlat pedagogika universitetining Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2024–2025-yillarda — Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetining O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2026-yil 10-apreldan — Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
1998–2007-yillarda — Jizzax shahridagi 22-sonli gimnaziyada tarix fani o‘qituvchisi.
2007–2009-yillarda — Jizzax shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2009–2016-yillarda — Jizzax viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Til va adabiyot o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.
2016–2017-yillarda — Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining Masofaviy ta’lim hududiy muvofiqlashtirish markazi bosh mutaxassisi.
2017–2019-yillarda — Toshkent viloyati Chirchiq shahar xalq ta’limi bo‘limi metodisti, keyinchalik Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i.
2019–2020-yillarda — Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i.
2024–2026-yillarda — Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti Tillar va maktabgacha ta’lim fakultetining Tillar va maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi.
2021–2023-yillarda — Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi doktoranti.
2024-yil 1-mayda — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 10.00.01 — O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Dissertatsiya mavzusi:
«Toshkent viloyati toponimlarining lingvokulturologik tadqiqi».
Bugungi kunga qadar 1 ta darslik, 3 ta metodik qo‘llanma va 1 ta monografiya muallifi. Shuningdek, 40 dan ortiq ilmiy maqola hamda 60 dan ziyod ilmiy ma’ruza tezislari chop etilgan.