Страница загружается.
Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha 1-prorektor
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Shu kunga qadar Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida Tillar va maktabgacha ta'lim kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.
1975-yil Samarqand viloyatida tug’ilgan. Rus tilida erkin so'zlasha oladi.
A.A. Abdullayev oilali, 5 nafar farzandi bor.
Abdullayev Akmal Amirovich
Rahbarlik faoliyati:
2017-2029-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida Ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sho'basi rahbari;
2019-2020- yillarda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i;
2024-2025-yillarda Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi rahbari;
2026-yil 10-apreldan Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy va innovatsiyalar bo'yicha 1-prorektor vazifasida.
Pedagogik faoiyati:
1998-2007 yy. - Jizzax shahar 22-sonli gimnaziyada tarix fani o‘qituvchisi
2007-2009 yy. - Jizzax shahar 4-sonli umumta’lim maktabida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi
2009-2016 yy. - Jizzax viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti til va adabiyot ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi
2016-2017 yy. - Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti masofadan o‘qitishning hududiy muvofiqlashtirish markazi bosh mutaxassisi
2017-2019 yy. - Toshkent viloyati Chirchiq shahar xalq ta’limi bo‘limi metodisti, ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sho‘basi rahbari
2019-2020 y y. - Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
2024-2026 y y. … - Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti Tillar va maktabgacha ta’lim fakulteti, Tillar va maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti v.b.
Ilmiy faoiyat:
2021-2023 y y. - Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tayanch doktoranti
2024-yil 1-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universitetida 10/00/01-O'zbek tili ixtisosligida Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan.
Dissertatsiya mavzusi: "Toshkent viloyati toponimlarining lingvomadaniy tadqiqi".
Shu kungacha 1 ta o'quv qo'llanma, 3 ta uslubiy qo'llanma hamda 1 ta monografiyasi nashr etilgan. 40 dan ziyod ilmiy maqolalari hamda 60 dan ziyod ilmiy tezislari chop etilgan.