Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari assotsiatsiyasi raisi Nurimon Abulxasan tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalarimiz uchun “Globallashuvning xalqaro munosabatlarga ta’siri” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruza davomida globallashuv jarayonlarining xalqaro munosabatlarga ta’siri, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va zamonaviy dunyodagi siyosiy o‘zgarishlar haqida fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mavzu yuzasidan bilimlarini yanada boyitish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, xalqaro jarayonlarni chuqurroq anglash va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.