AFRASIAB UNIVERSITY
0

Страница загружается.

Afrasiab University

DEBAT ARENA — FINAL BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI!


DEBAT ARENA — FINAL BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI!

🏆 ISFI DEBAT ARENA — FINAL BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI!

🎤 Institutda talaba-yoshlarning mantiqiy fikrlashi, nutq madaniyati hamda siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan “ISFI Debat Arena” bahsining FINAL bosqichi yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tdi.

🔥 Final bosqichida ishtirokchilar o‘zlarining tezkor fikrlashi, dalillarga boy chiqishlari va jamoaviy hamkorligi bilan ajralib turishdi.

👏 Bahs davomida eng kuchli jamoalar o‘zaro bellashib, munosib ravishda g‘oliblar aniqlandi.

🥇o'rin- Soliha Nusratullayeva boshchiligidagi “Basira” jamoasi
🥈o'rin- Odilbek Madaminov boshchiligidagi “Eristika” jamoasi
🥉o'rin- Kuankul Tadjibayeva boshchiligidagi “Tinch atom” jamoasi

📌 “ISFI Debat Arena” — bu nafaqat bahs maydoni, balki liderlik, erkin fikr va intellektual salohiyat maktabidir!

 Barcha ishtirokchilar va tashkilotchilarga minnatdorlik bildiramiz!

DEBAT ARENA — FINAL BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI!