🔵Qozog‘iston Respublikasi, Shimkent shahridagi Shymkent Universitetida Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Pedagogika va tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro hamkorlik doirasida mazmunli nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
🔵Mashg‘ulotlarda filologiya fanlari doktori (DSc) Z.J. Sarsenbaeva hamda G. Zilolova, G. Xamidova, M. Abdujapparova va N. Xusanovalar talabalarga dars o‘tishdi.
🔵Talabalar dars jarayonlarida faol ishtirok etib, bilim va tajribalarini yanada mustahkamlashdi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar universitet jamoasi bilan zamonaviy ta’lim metodologiyalari yuzasidan fikr almashib, samarali muhokamalar olib borishdi.