AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

SIRTQI TA’LIM TALABALARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI!


SIRTQI TA’LIM TALABALARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI!

🧠✨ SIRTQI TA’LIM TALABALARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI!

✅Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabalari o‘rtasida bilim, tafakkur va tezkor fikrlashni sinovdan o‘tkazuvchi “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🎯 O‘yin davomida ishtirokchilar turli sohalarga oid qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Har bir jamoa o‘zining zukkoligi, topqirligi va jamoaviy ishlash qobiliyati bilan ajralib turdi.

🔥 Qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida o‘tgan ushbu o‘yin talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga undash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga xizmat qildi.

🏆 G‘olib jamoa keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

📌 Bunday intellektual tadbirlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi va ularni yangi marralar sari ilhomlantiradi!

SIRTQI TA’LIM TALABALARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI!