AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy anjuman


Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy anjuman

Atoqli adib, shoir, dramaturg, tilshunos, adabiyotshunos va maʼrifatparvar olim Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy anjuman tashkil etildi.

Anjuman davomida Fitratning boy ilmiy-adabiy merosi, milliy uygʻonish harakatidagi oʻrni hamda oʻzbek adabiyoti va tilshunosligi rivojiga qoʻshgan hissasi haqida soʻz yuritildi.

Anjuman olib boruvchilari:

  • Ruzmetov Shahzod Ulugʻbekovich — “Tillar” kafedrasi v.b. dotsenti;
  • Akbarova Maftunaxon Orifjon qizi — oʻqituvchi.

Bunday maʼrifiy tadbirlar yosh avlodda milliy merosimizga hurmat, adabiyotga muhabbat va ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosiga ehtirom tuygʻularini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy anjuman