Afrasiab University “Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Lutfullayeva Umida va oʻqituvchi Zilolova Gulhayo boshchiligida Yurisprudensiya 26-2 hamda Filologiya (ingliz tili) 25-1 guruhlari talabalari Turon kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar kutubxona faoliyati bilan tanishib, kutubxonaga aʼzo boʻlishdi. Bu ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim olishga boʻlgan qiziqishini oshirish va mustaqil taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Kitob — bilim manbai, mutolaa esa kamolot sari yoʻl!