Afrasiab University ilmiy seminarlar turkumini boshlaydi. Birinchi blok ilmiy maqolani nashr qilishga bagʻishlanadi.
1-seminar: Kirish va ilmiy etika
- 1.1. Tadqiqot jarayonidan boshlab ilmiy jurnallarga maqola topshirgunga qadar boʻlgan yaxlit jarayon: umumiy sxema.
- 1.2. Xalqaro IMRaD formati va ilmiy maqolalar turlari.
Sana: 2026-yil 6-noyabr, juma
Vaqt: 14:00
Davomiyligi: 80 daqiqa
Format: oflayn
Joy: 2-qavat, majlislar zali
Manzil: Afrasiab University (Gʻafur Gʻulom metrosi)
Kimlar uchun:
- Afrasiab University professor-oʻqituvchilari va magistrantlari;
- Boshqa OTMlar professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va magistrantlari.
Maʼruzachi: M. Fayziyeva, Afrasiab University Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, i.f.f.d. (PhD).
Ilmiy maqola yozish va nashr qilish yoʻlini tizimli oʻrganmoqchi boʻlgan tadqiqotchilar seminarga taklif etiladi.