AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

“Bayroq — mening nigohimda” ijodiy tanlovi eʼlon qilindi


“Bayroq — mening nigohimda” ijodiy tanlovi eʼlon qilindi

Afrasiab University talabalari uchun 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayroq — mening nigohimda” ijodiy tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlov yoʻnalishlari:

  • Rasm va tasviriy sanʼat ishlari;
  • Grafik dizayn va kreativ posterlar;
  • Davlat bayrogʻi tarixi va ramzlariga bagʻishlangan infografikalar;
  • Bayroq ranglari asosida yaratilgan ijodiy kompozitsiyalar.

Ishtirok etish tartibi

Tanlovda Afrasiab University talabalari yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin. Taqdim etiladigan ishlar muallifning mustaqil ijodiy mahsuli boʻlishi lozim.

Har bir ishtirokchi oʻz ijodiy ishiga qisqacha izoh, ism-familiyasi hamda yoʻnalishi va guruhi haqidagi maʼlumotlarni ilova qiladi. Ishlar sifatli elektron formatda taqdim etilishi lozim.

Gʻoliblarni aniqlash va taqdirlash

Eng yaxshi, mazmunli va kreativ ijodiy ishlar saralab olinadi. Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Saralangan ijodiy ishlar Afrasiab University rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida namoyish etiladi.

Ishlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 3–13-noyabr.

Bayrogʻimizni oʻz nigohingiz bilan tasvirlang, ijodingiz orqali Vatanga boʻlgan mehringizni namoyon eting!

“Bayroq — mening nigohimda” ijodiy tanlovi eʼlon qilindi